O‘zbekiston Respublikais bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 21-aprel, seshanba kuni Bosh prokuratura jamoasiga muassasaning yangi rahbarini tanishtirdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Yangi bosh prokuror etib shu paytgacha O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan Ixtiyor Abdullayev tayinlandi. Tegishli farmon Prezident Islom Karimov tomonidan imzolangan.
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori lavozimida shu paytgacha Rashitjon Qodirov ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)