Nigeriyada aniqlangan noma’lum kasallik infeksiyasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 23 kishiga tarqalgan bo‘lib, ulardan 18 nafari halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Noma’lum kasallik belgilari sifatida bosh og‘rig‘i, hushdan ketish va ko‘rish bilan bog‘liq muammolar qayd etilgan. Nigeriyalik shifokorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik Ondo shtati hududida aniqlangan.
Nigeriya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, dastlabki tadqiqotlar yangi kasallik Ebola virusiga aloqador ekanligiga ishora qilmayapti.