O‘zbekistonlik iste’dodli yosh grossmeyster Jahongir Vohidov Buyuk Britaniyaning Uekfild shahrida yakunlangan 2nd 4NCL FIDE Rated Congress turniri g‘olibiga aylandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Bundan bir muddat avval hamyurtimiz Birmingem shahrida o‘tgan 1st 4NCL musobaqasida ham bosh mukofotni qo‘lga kiritgan edi. Beshta turdan iborat musobaqada Jahongir Vohidov 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Dastlabki 4 ta partiyani o‘z foydasiga hal qilgan grossmeysterimiz so‘nggi turda o‘zi singari 4 ochkoga ega bo‘lib turgan angliyalik grossmeyster Daniel Gormalli bilan durang o‘ynadi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, turnir g‘olibi bo‘ldi.
Izoh (0)