Jahon boks seriyasi (WSB) doirasida “Rossiya boks jamoasi”ga qarshi bahslarda ishtirok etadigan “Ukraina atamanlari” tarkibiga ikki o‘zbekistonlik va bir qirg‘izistonlik sportchi kiritildi, deb xabar bermoqda WSB rasmiy sayti.
O‘zbekiston vakili Hasanboy Do‘smatov 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida rossiyalik Belik Gallanovga qarshi ringga chiqsa, Xurshidbek Normatov 75 kilogrammgacha vaznda Pyotr Xamukov bilan bellashadi. Qirg‘izistonlik Omurbek Malabekov esa 56 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Vladimir Nikitin bilan kuch sinashadi.
“Ukraina atamanlari” (Ukraine Otamans) va “Rossiya boks jamoasi” (Russian Boxing Team) o‘rtasidagi bahslar 17-aprel kuni Kiyev shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)