Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriya prezidenti Bashar Asad BMT mamlakatda terrorchilar tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanilgani bo‘yicha dalillarni inobatga olmay, Suriyaga qarshi siyosiy propagandada ishtirok etayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

“Suriya qandaydir davlatga emas, BMTga murojaat qildi. Suriya shimolida terrorchilarga qarshi dalillar ko‘rsatilganda, BMT ularga ishonishga urinib ham ko‘rmadi, ular haqida eslatib ham o‘tmadi. Shuning uchun ham bu Suriyaga qarshi propagandaning bir qismidir”, − dedi Asad.

“Suriyadagi mojaroning ilk kunlaridanoq prezident va hukumatni yomon dushman sifatida ko‘rsatishga qaratilgan propaganda boshlangan. Bu ish bermadi. Buni hozir G‘arbda Ukraina masalasida olib borilayotgan propaganda bilan taqqoslashingiz mumkin. Bu deyarli bir xil: Putinni yomon dushman sifatida ko‘rsatib, G‘arb jamoatchilik fikriga yolg‘on ma’lumotlarni beruvchi video va maqolalar tarqatilyapti”, − dedi Suriya prezidenti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Tolibon” yetakchisi amaldorlarga qarindoshlarini davlat lavozimidan bo‘shatishni buyurdi 
Mahalliy
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ramazon taqvimini e’lon qildi
Dunyo
“Tolibon” O‘zbekiston delegatsiyasi bilan muzokara olib bordi. Nimalar muhokama qilindi? (video)