Zarafshon shahrida faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biriga 2012-2013-yillar va 2014-yilning 9 oyi davomida rahbarlik qilgan shaxsning huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygani aniqlandi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
Qayd etilishicha, u tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga zid ravishda 9 milliard 185 million 503 ming so‘mlik xaridorgir va tez sotiluvchi tovarlarni sotib, savdodan tushgan naqd pulni nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazmay, bank muassasasiga ham topshirmay, boshqa maqsadlarda ishlatib yuborgan.
Rahbar noqonuniy qilmishlarini yashirish maqsadida MChJning tekshiruv davrigacha bo‘lgan moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq xazina kitobi, xazina hisobotlari, bosh kitob, ish haqini hisoblash, ishonch qog‘ozlarini ro‘yxatga olish singari ko‘plab hujjatlarni qasddan nobud qilgan.
Qonunbuzar tadbirkorga nisbatan sud o‘zining odil hukmini o‘qidi, deyiladi manbada.
Izoh (0)