Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida shaxmat bo‘yicha A. Bulekpayev sovrini uchun blits turnir o‘tkazildi. “Debyut” shaxmat klubi tomonidan tashkil etilgan musobaqada o‘zbekistonlik Anton Filippov (2453) ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
19 nafar ishtirokchi qatnashgan turnirda to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan O‘zbekistonning xalqaro grossmeysteri 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Kuchli uchlikdan Pak Yevgeniy (7 ochko, 2446) hamda Qozog‘iston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Pavel Kotsur (6 ochko, 2536) joy oldi.
Izoh (0)