2015-yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasi TIV Maxsus vakili Lyu Guchan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Muloqot davomida vazirliklararo muntazam uchrashuvlar doirasida BMTni isloh qilish istiqbollari hamda O‘zbekiston – Xitoy kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)