Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ucell mobil aloqa operatorining rasmiy saytida joylashtirilgan reklama bannerida yana imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Bu haqda Facebook’dagi “Professional va havaskor tarjimonlar” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.

Foto: Facebook / “Professional va havaskor tarjimonlar”

Foto: Facebook / “Professional va havaskor tarjimonlar”

Keltirilgan skrinshotda Ucell saytidagi “Bonuslarni ko‘paytiring” aksiyasi reklamasida “tasavvur” so‘zi “tassavur”, “zahoti” so‘zi “zohoti” ko‘rinishida berilgani aks etgan. Ushbu xatolar tezlik bilan to‘g‘rilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ucell’ning Toshkentdagi JobFair-2015 ko‘rgazmasi uchun chiqarilgan reklama materiallarida “olmadingizmi” so‘zi “o‘lmadingizmi” ko‘rinishida berilgani xabar qilingan edi. Keyinroq kompaniya ushbu xato uchun uzr so‘ragan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun aholiga 1-2 gektardan yer beriladi
Kino
“Qo‘zilar sukunati”, “Shindler ro‘yxati” va “Yomg‘ir odam”: qachonlardir “Oskar”ga munosib ko‘rilgan eng esda qolarli 10 ta film
Mahalliy
O‘zbekistonda tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri 130 mln dollar ajratiladi