“PSJ” klubi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich Fransiya ligasi Kubogi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Bastiya”ga qarshi kechgan o‘yin 4:0 hisobida yakuniga yetdi. Ibrohimovich ushbu uchrashuvda dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Yana ikkita golga Edinson Kavani mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda shvetsiyalik futbolchi “PSJ” tarkibida 33 ta o‘yinda qatnashib, 28 ta gol kiritgan.
Izoh (0)