O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida “Men O‘zbekiston fuqarosiman” nomli kitob-albomi nashrdan chiqdi. Bu haqda nashriyot rasmiy sayti xabar berdi.
Manbada yozilishicha, ushbu kitob mustaqil O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy-madaniy merosi, ilm-fani, adabiyoti, zamonaviy iqtisodi, milliy qadriyatlari, oliy, o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi yangiliklar, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda erishgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan.
Shuningdek, kitobdan o‘zbek xalqining mustaqillik davrida erishgan yutuqlari aks etgan rang-barang fotosuratlar, badiiy bezaklar ham o‘rin olgan.
Kitob oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi institut, universitet talabalari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, umumta’lim maktab o‘quvchilari hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Izoh (0)