2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblari nomidan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb yozadi O‘zA.
Tabrik yo‘llaganlar orasida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Marokash Qiroli Muhammad VI, Slovakiya Respublikasi Prezidenti Andrey Kiska, Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Dmitriy Mezensev hamda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov ham bor.
Izoh (0)