To‘rt noma’lum shaxs Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroning uyiga bostirib kirib, uy qorovulini pichoq bilan qo‘rqitib, qo‘l-oyoqlarini bog‘lagan. DVR video-resiveri va uy eshiklari kalitlarini olib, deraza oynasini sindirib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi to‘rt nafar shaxslar sodir etganligi aniqlanib, gumonlanuvchilar “issiq izida” qo‘lga olindi.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)