Afsonaviy qo‘shiqchi Maykl Jeksonga tegishli, Kaliforniyadagi mashhur Neverland qo‘rg‘oni sotuvga qo‘yildi. Rancho uchun 100 million dollar so‘rashmoqda, deya xabar berdi “TASS” KRSS radiostansiyasiga tayanib.
Xabarda aytilishicha, hozirgi paytda rancho Colony Capital fondi tomonidan boshqariladi. Ushbu fond esa Maykl Jekson bilan yaqin bo‘lgan biznesmen Tomas Barak tomonidan nazorat qilinadi. 2008-yil bahorida qo‘shiqchi moliyaviy muammolarga duch kela boshlagandan so‘ng 23,5 million dollar miqdoridagi qarz evaziga mulk garovga qo‘yilgan edi.
1998-yilda Maykl Jekson Santa-Barbara okrugida hududi 12,1 kvadrat kilometrga teng yer maydonini sotib olgan va u yerni o‘zining sevimli ertak qahramoni Piter Pen yashagan mamlakat nomi bilan Neverland deb atagan edi.
Ranchoda dang‘illama uydan tashqari, shirinliklar do‘koni, kinoteatr, hayvonot bog‘i, bolalar uchun temir yo‘l, attraksionlar va boshqa qator ko‘ngilochar maskanlar bor.
2009-yilda Maykl Jeksonning fojiali vafotidan so‘ng, qarovsiz qolgan ranchoning egalik huquqi aniq emasligi qo‘shiqchining jasadi ushbu hududda dafn qilinishiga imkon bermagan edi.
Izoh (0)