Chechenistonlik yozuvchi Ruslan Zakriyev rejissor Jeyms Kemeron ustidan sudga da’vo berdi, deya xabar qilmoqda “Korrespondent.net”. Adib uni “Avatar” filmi ssenariysi muallifi deb e’lon qilishni talab etmoqda.
Avvalroq Zakriyevning romanini “ancha past sifatli xomashyo” deb atagan Kemeronning o‘zi da’vo haqidagi yangilikni izohlaganicha yo‘q, biroq advokat Dmitriy Kazatskera so‘zlariga ko‘ra, shikoyatning nusxasi rejissorga jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, Zakriyev Kemeronni film ssenariysi uchun o‘zining “Maxfiy qurol” asarini asos qilib olganlikda ayblamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, romanni 1996-yilda yozishni boshlab, 2002-yilda internetda e’lon qilgan. Hozirda sud uchun materiallar to‘planmoqda. Checheniston yozuvchilar uyushmasi filmning va romanning ba’zi sahnalari o‘xshashligini qayd etgan.
“Kemeron filmdan ishlagan 3 milliard dollarning uchdan bir qismini bizga berishi kerak. Men kinostudiya ochib, film olishni istayman. Mening asarlarim ko‘p, kinostudiyam esa yo‘q”, − dedi Zakriyev.
Izoh (0)