Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot-resurs markazi bolalar kutubxonasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Qad rostlagan mazkur yangi ziyo maskani qurilishiga 4 milliard 125 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

Kutubxonada jajji kitobsevarlar uchun barcha qulaylik yaratilgan. 36 o‘rinli o‘quv zali, 24 o‘rinli komputer xonasi, 50 o‘rinli majlislar zali hamda maslahat xonasi zamonaviy tarzda jihozlangan.

“Bolalar kutubxonasi 6000 kitob fondiga ega, – dedi axborot-resurs markazi rahbari Zulfiya Seytniyozova. – Bu yerda kutubxona xodimlari va kitobxonlar uchun barcha sharoit yaratilgan”.

Tadbir doirasida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv, “Yangi axborot texnologiyalari va internet sinf xizmati” mavzusida taqdimot va “Kitob – xazinalar kaliti” deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, norozilik bildiring, deya undamoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi