Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Kavuso‘g‘li Qrim tatarlariga zulm o‘tkazilayotganini e’lon qildi va Qrimga ularning huquqlariga rioya qilinishi ustidan nazorat olib boruvchi “norasmiy missiya” yuborishga va’da berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Kavuso‘g‘li yarim oroldagi vaziyatni nomaqbul deb atadi. “Qrim aholisi va ayniqsa Qrim tatarlariga ta’qiblar va hujumlar uyushtirilmoqda, ularning huquqlari poymol bo‘lmoqda”, — dedi vazir.
Izoh (0)