Yaxshi niyat bilan o‘g‘lini Toshkent avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejiga o‘qishga kiritgan ota-ona qaysidir manoda mustaqil hayotga qadam qo‘ygan o‘g‘li ustidan nazoratni susaytirdi, deb xabar beradi Huquq gazetasi.
Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘z xonadonida disklarga turli kinofilm va kliplar yozib, ularni poytaxtning aholi gavjum joylarida sotish bilan shug‘ullanib kelgan “tadbirkor”ning qing‘ir ishi fosh etildi. O‘tkazilgan tadbirda undan 2000 dan ziyod kinofilm va kliplar yozilgan disklar, turli xil qo‘lbola moslamalar, texnik asboblar, jami 5 million so‘mdan ziyod mablag‘ga teng tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan unga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.
Izoh (0)