Rossiyaning Orenburg shahrida haydovchi qiz yo‘lning qatnov qismini to‘sib qo‘yib, o‘zi bexavotir salonda telefon orqali gaplashib o‘tirgani aks etgan video internetda tarqaldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
https://youtu.be/IJNK-5kbxgE
Hodisa mashinani harakatlantirish murakkab bo‘lgan ko‘p qavatli uy oldidagi hududda bo‘lib o‘tgan. Qiz avtomobilni yagona ochiq tor yo‘lda to‘xtatib, o‘zi xotirjam telefonda gaplashib o‘tiravergan va o‘tib ketmoqchi bo‘lgan mashina haydovchisining noroziligiga e’tibor qaratmagan.
Mashina derazasini taqillatib uni chaqirishganda esa qiz avtomobilni orqaga harakatlantira olmasligini va buning uchun “maxsus” belgisi borligini ham ma’lum qilgan.
Izoh (0)