Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush o‘z lavozimidan ketayotganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Qayd etilishicha, Eron terma jamoasi Shvetsiyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgach, murabbiy bu haqida bayonot bergan.
Eslatib o‘tamiz, Karlush Keyrush Tehron aeroportida soliq bilan bog‘liq mojaro tufayli ushlab qolingach, murabbiy va Eron futbol federatsiyasi o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘lgan.
“Federatsiyada ikki xil fikr bor. Tashkilot ikkiga bo‘linib olgan va bir biri bilan kurashmoqda.
Agar kimdir o‘zini boshqalarni yerga urish, haqorat va hurmatsizlik qilishga haqli deb bilsa, bunga rozi bo‘lmayman. Men terma jamoadan baland ko‘tarilgan bosh bilan ketmoqdaman. Eron terma jamoasida qilgan ishim bilan faxrlanaman”, – dedi murabbiy.
Izoh (0)