Amerikaning Science for Masses mustaqil tadqiqotchilar guruhi to‘liq qorong‘ilikda 50 metrgacha bo‘lgan masofadagi obyektlarni ajratish imkonini beruvchi ko‘z tomchilari ishlab chiqqanini ma’lum qildi, deb yozadi “Mail.ru”. Tadqiqotchilardan biri uni o‘zida sinab ham ko‘rdi.
Tomchilar fiziologik eritma, insulin, dimetilsulfoksid va xlorin e6 (Ce6) aralashmasidan iborat. Yorug‘likka ta’sirchan modda bo‘lgan Ce6 ko‘pincha xatarli shishlarni lazer yordamida davolashda qo‘llaniladi, biroq tadqiqotlar ushbu modda ko‘zga tomizilganida qorong‘ida ko‘rish bilan bog‘liq muammolarda yordam berishini aniqladi.
Izoh (0)