Marokkoning Kasablanka shahridagi aeroport xavfsizlik xizmati Istanbul—San-Paulu yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan Turkish Airlines samolyoti bortida hech qanday bomba yoki portlovchi moddani topa olmadi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Avvalroq Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyoti bortida bomba portlashi xavfi tufayli shoshilinch ravishda qo‘ngani xabar berilgan edi. Turkish Airlines matbuot xizmati xabariga ko‘ra, layner hojatxonasida “bomba” so‘zli maktub topilgan, shundan so‘ng ekipaj bortda favqulodda vaziyat yuzaga kelgani uchun shoshilinch ravishda qo‘nish haqida e’lon qilgan. Samolyot Marokkoning Kasablanka shahriga qo‘ngan.
Izoh (0)