Britaniyalik shifokorlar bemorga birinchi marta o‘lik yurakni ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.
To‘xtab qolgan donor yuragi jonlantirilib, o‘zining yangi egasi, 60 yoshli London fuqarosi Husayn Ulukanga ko‘chirib o‘tkazildi.
Shifokorlar yurakning yaxshi o‘rnashib ketgani, bemorning sog‘lig‘i tez tiklanyotgani va o‘zini yaxshi his qilayotganini aytdi. Ular operatsiyaning muvaffaqiyatli o‘tgani tibbiyotda inqilobni yuzaga keltirib, barcha muhtoj bemorlarni yangi yuraklar bilan ta’minlashiga umid qilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu texnologiya organlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar sonini 25 foizga oshirish imkonini beradi.
Izoh (0)