Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchining nevarasi shahzoda Uilyam Sharqiy Angliyada tez yordam vertolyotlari faoliyati uchun javob beradigan kompaniyada ishlay boshladi, deb yozadi “TASS” Kensington saroyi matbuot xizmatiga tayanib.
U havo tez yordam xizmati uchuvchisi sifatida mustaqil parvozlarni boshlashdan oldin yaqin oylar ichida qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlaridan o‘tishi kerak.
Majburiy tayyorlov kursi uchish trenajyorida ishlash, shuningdek instruktor bilan birga parvoz qilishni o‘z ichiga oladi.
Nashrning eslatishicha, fevral oxirida Uilyam tez yordam vertolyotining litsenziyali uchuvchisi bo‘lish uchun yarim yillik o‘qishni tamomlagan, buning uchun 14 ta imtihon topshirgan edi. Biroq mavjuda qoidalar bo‘yicha shahzoda ish beruvchining qo‘shimcha mashg‘ulotlarini ham yakunlashi kerak.
Izoh (0)