Toshkent viloyati Chirchiq shahrida bir fuqaro noma’lum shaxs tomonidan qo‘rqitilib, uning Nokia rusumli uyali telefoni tortib olindi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Yo‘lto‘sar tezda voqea joyidan yashirindi. Shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni mazkur shaharda yashovchi fuqaro sodir etgani fosh qilindi. Ko‘p o‘tmay, talonchi qo‘lga olindi.
Izoh (0)