Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov ovoz berish uchun 29-mart kuni Toshkent shahridagi 644-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Nashr yozishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun muhim siyosiy voqeadir. Xalqimiz bugungi saylovda faol ishtirok etmoqda. Har bir saylovchi xohish-irodasini erkin ifoda etib, o‘zining va xalqimizning farovonligi, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, Vatanimizning buyuk kelajagi uchun ovoz bermoqda. Ushbu jarayon milliy qonunchiligimiz va xalqaro me’yorlarga to‘la mos holda, oshkoralik, tenglik, ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tmoqda.
Izoh (0)