• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy saylov komissiyasining kengaytirilgan onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi

    Markaziy saylov komissiyasining kengaytirilgan onlayn majlisi bo‘lib o‘tib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislari va a’zolari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan kuzatuvchilar, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi xabar bermoqda.

    Foto: gazeta.uz / Sherzod Ikromutdinov

    Foto: gazeta.uz / Sherzod Ikromutdinov

    Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti monitoringi masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasidagi vazifalar ko‘rib chiqildi.

    Qayd etilganidek, saylov qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovoldi tashviqotini olib borishda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanishda teng sharoit ta’minlanmoqda. Joriy yilning 14-fevralidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli masalalari bo‘yicha o‘z qarashlari aks etgan saylovoldi dasturlari qoidalarini saylovchilarga va keng jamoatchilikka yetkazishga yo‘naltirilgan saylovoldi tashviqotini o‘tkazmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va ularning ishonchli vakillari barcha saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda, ommaviy axborot vositalarida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qur’a tashlash yo‘li bilan belgilangan tartibda chiqish qilmoqda: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ommaviy axborot vositalaridagi saylovoldi tashviqoti materiallarining turi, shakli, uslubi va mazmunini mustaqil belgilaydi.

    Har bir nomzod va siyosiy partiya tomonidan markaziy “O‘zbekiston” va “Yoshlar” tele- va radiotelekanallarida ajratilgan 900 daqiqadan, hududiy tele- va radiokanallarda ajratilgan 180 daqiqadan efir vaqtidan samarali foydalanmoqda. Shuningdek, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” va “Pravda vostoka” gazetalari va hududiy gazetalar sahifalarida ham tashviqot materiallari chop etilmoqda. Ularda tegishincha har bir nomzodga 10 va 5 sahifadan nashr maydoni ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar partiyalarning bosma nashrlari sahifalarida ham o‘z saylovoldi kampaniyasini olib bormoqda, Internet nashrlar imkoniyatlaridan foydalanmoqda.

    Saylovoldi tashviqotida tashqi (ko‘cha) reklama deb nomlangan vositalardan ham samarali foydalanmoqda. Xususan, butun O‘zbekiston bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning 829 tadan banneri joylashtirilgan. Bundan tashqari, nomzodlarning elektron roliklari respublikadagi elektron monitorlarda har kuni tizimli ravishda namoyish etilmoqda. Ta’kidlanganidek, saylovoldi tashviqotining o‘tgan davrida saylov qonunchiligi buzilishi hollari qayd etilmadi.

    Majlisda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari saylov kuni — 29-mart kuni ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqdi. Bunda milliy saylov qonunchiligi talablariga, ochiqlik, oshkoralik va adolatlilik tamoyillariga rioya etish zarurligi qayd etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida barcha bo‘g‘indagi saylov komissiyalari tomonidan fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlashga qaratilgan katta ish olib borildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 9060 ta saylov uchastkasi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 ta saylov uchastkasi tuzildi. Ular ovoz berishni o‘tkazish uchun barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Har bir saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar haqida axborot mavjud. Uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilarni ovoz berish vaqti va joyi haqida xabardor qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. O‘zbekiston davlat va nodavlat telekanallarida saylov sanasi haqida informatsion tele- va radio roliklar, muddatidan oldin ovoz berish, saylov kuni ovoz berish tartibi, saylov byulleteni, shuningdek, uchastka saylov komissiyalarining saylov kungi ishi haqida ko‘rsatuvlar hamda videoroliklar namoyish etilmoqda.

    Hozirgi kunda saylov kuni o‘z yashash manzilida bo‘lish imkoniyati bo‘lmagan saylovchilar uchun muddatidan ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasini yoritishda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan 430 nafar, joylarda okrug saylov komissiyalari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan 550 nafarga yaqin O‘zbekiston va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Ularni barcha zarur axborot materiallari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi, okrug saylov komissiyalari huzurida ham xuddi shunday matbuot markazlari faoliyat yuritmoqda. Ularda matbuot anjumanlari, brifinglar va seminarlar o‘tkazilmoqda.

    Saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini oshirish maqsadida respublikada internetga ulangan yagona kompyuter tarmog‘i yaratilgan bo‘lib, u ovoz berish jarayonini onlayn rejimida kuzatish va mamlakatimiz hududlari bilan videoadloqa o‘rnatishga yordam beradi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kuni jamoatchilikni ovoz berishning borishi haqida 29-mart kuni soat 13.00, 17.00 va 22.00 da Respublika matbuot markazida bo‘lib o‘tadigan brifinglar orqali xabardor qiladi.

    Markaziy saylov komissiyasining kengaytirilgan majlisida okrug saylov komissiyalari a’zolari saylovni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha amaliy masalalar bo‘yicha batafsil axborot oldi.

    27.03.2015, 18:50   Izoh (0)   3391
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzmobile rahbari etib Shuhrat Qodirov tayinlandi

    27.03.2015, 18:03

    Kiyevda Alisher Navoiyga bag‘ishlangan xiyobon quriladi

    27.03.2015, 13:24

    O‘zbekiston va FAO bir qator bitimlar imzoladi

    27.03.2015, 12:51

    Toshkentdagi ko‘p qavatli uylar podyezdlari kirish yo‘lagiga mashinalarni to‘xtatib qo‘yish tanqid qilindi

    27.03.2015, 11:26

    Niderlandiya kompaniyasi Qashqadaryoda to‘qimachilik majmuasini qurishga kirishdi

    26.03.2015, 23:27

    Toshkentda sovuq suv o‘chirilishi mo‘ljallanmoqda

    25.03.2015, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.