27-28-aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida navbatdagi “Xordiq olami” Xalqaro o‘zbek sayyohlik ko‘rgazmasi tashkil etiladi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz” UzReport axborotiga tayanib.
Ko‘rgazma doirasida “Ipak yo‘li ta’mi” milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning eng yaxshi oshpazlari tomonidan tayyorlangan o‘zbek milliy taomlari namoyish etiladi. Asosiy e’tibor palovga berilib, ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlar turli viloyatlarga xos palov ta’mini tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Hozirda “Xordiq olami” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Ozarbayjon, Turkiya, Vyetnam kabi davlatlardan arizalar kelib tushgan. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi mehmonxonalar, sayyohlik kompaniyalari, sog‘lomlashtirish markazlari va sanatoriyalardan ham qatnashish istagi bildirilgan.
Ko‘rgazma mobaynida milliy va xorijiy kompaniyalar taqdimoti, ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)