Toshkent hayvonot bog‘ida ikki yoshli erkak Afrika antilopasi nobud bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Jonivorning oshqozonidan katta miqdorda zararli materiallar, asosan polietilen paketlar topilgan.
Shuningdek, jonivorning o‘limiga tashrifchilar tomonidan berilgan yangi pishgan non ham sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. U antilopaning oshqozonida boshqa zararli materiallar bilan birga yomon holatni keltirib chiqargan.
Avvalroq, hayvonot bog‘i ma’muriyati aynan shunday holatlarning oldini olish maqsadida tashrifchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishni taqiqlab qo‘ygan edi. Ma’muriyat yana bir marta tashrifchilardan jonivorlarga o‘zlari bilan olib kelgan ozuqalarni bermaslik, shuningdek yeb bo‘lmaydigan narsalarni qafaslarga tashlamaslikni so‘ragan.
Izoh (0)