Fransiya janubida Germanwings aviakompaniyasining A320 samolyoti halokatga uchragach uchuvchilar Airbus samolyotlarida uchishdan bosh torta boshladi, deb xabar bermoqda “RBK”.
The Times ma’lumotlariga ko‘ra, Xitrou, Stansted, Manchester aeroportlarida, shuningdek Germaniyadagi aeroportlarda uchuvchilar “shaxsiy sabablar” bilan parvozni boshqarishdan bosh tortgan.
Alp tog‘lari ustida halokatga uchragan Germanwings samolyoti 1990-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, umumiy parvoz vaqti 58 300 soatni, uchish-qo‘nish sikli esa 46 700 martani tashkil etgan. Uchuvchilar aynan shunday ko‘rsatkichlarga ega boshqa samolyotlarda uchishdan bosh tortmoqda.
Izoh (0)