Turkiyaning Xatay viloyatida Suriya tomonidan o‘t ochilishi tufayli kamida besh kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Snaryad chegarachilar bo‘linmasi joylashgan hudud yaqiniga kelib tushgan. Portlashdan keyin havoga ko‘tarilgan toshlar bino oynalarini sindirgan, ikkita harbiy avtomobilning kuzoviga zarar yetgan. Portlash hududida kengligi 15, chuqurligi 7 metrlik yoriq hosil bo‘lgan.
Harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Suriya armiyasi tomonidan muxolifat kuchlariga qarata otilgan, biroq noaniqlik tufayli Turkiya hududiga borib tushgan. Bunday holatlarga javob qaytarish qoidalariga binoan, Turkiya tomonidan ikkita javob raketasi uchirilgan.
Izoh (0)