Oliy liganing 4-tur doirasida “Lokomotiv” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi, deb xabar bermoqda “Lokomotiv” klubi axborot xizmati.
Toshkent derbisi maqomini olgan ushbu uchrashuv aslida 12-aprel kuni o‘tkazilishi lozim edi, biroq o‘yin 13-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi.
Bunga “Bunyodkor”ning 8-aprel kuni safarda “Laxviya”ga qarshi o‘tadigan bellashuvi va jamoaning ortga biroz kech qaytishi sabab bo‘ldi. Shu bois “Bunyodkor” “Lokomotiv” bilan bo‘ladigan bahsni bir kun keyinga surishni so‘rab PFLga murojaat qildi. PFL esa bu talabni qondirdi.
Shunday qilib, oliy liganing 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Bunyodkor” bahsi 13-aprel kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)