Fransiya prezidenti Fransua Olland mamlakat janubida Germanwings aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida bortdagi 142 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zolarining barchasi halok bo‘lganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Le Point”.
Halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan Olland uch kun ichida Germaniya kansleri Angela Merkel va Ispaniya qiroli bilan uchrashishini ham ma’lum qilgan.
Fransiya bosh vaziri Manuel Valls hodisa yuzasidan vazirliklararo komissiya tuzilganini e’lon qildi. Ichki ishlar vaziri Bernar Kazenyov esa voqea joyiga yetib borib, u yerdagi ishlarga shaxsan bosh-qosh bo‘lmoqda.
Izoh (0)