“Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari Olma-Ota – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarini bojxona nazoratidan o‘tkazishi lozim edi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.
Mazkur jarayon vaqtida bojxona posti xodimlari qo‘shni davlat fuqarosi tomonidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va og‘zaki so‘rovlar paytida ma’lum qilmasdan turib, turli mazmundagi salkam 70 dona diskning yashirincha olib kirilishiga chek qo‘ydi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)