Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti olimlari tomonidan EHM uchun arxeologiya elektron o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.
Qo‘llanmaning asosiy vazifasi arxeologiya fani bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan o‘quv metodik ma’lumotlarni yaratish, saqlash va tizim foydalanuvchilari uchun yetkazib berishdan iborat. Elektron qo‘llanmada fanni o‘qitishdagi ko‘rgazmalilik va talabalarda to‘liq tasavvurni shakllantirish imkoniyati yuzaga chiqarilgan.
Dastur professor-o‘qituvchilar va oliy ta’lim talabalari uchun mo‘ljallangan.
Mualliflar N.A.Egamberdiyeva va M.R.Fayzieva ushbu elektron o‘quv qo‘llanma uchun № DGU 02978 raqamli guvohnoma oldi.
Izoh (0)