Namangan shahar IIB navbatchilik qismiga Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqarodan Damas rusumli avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, ariza muallifi o‘z avtomashinasini Uychi ko‘chasida joylashgan kompyuter o‘yinlari xonasi oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo’lgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida yo‘qolgan avtomashina Kanda mahallasi hududidan texnik soz holda topildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 27-yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Transport vositasi qonuniy egasiga topshirildi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)