Nyu-Yorkning Bruklin mavzesida joylashgan asosan yahudiylar yashaydigan Midvud hududidagi turar-joy binolaridan birida kelib chiqqan yong‘in oqibatida yetti nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Halok bo‘lgan bolalarning barchasi bir oila vakillari bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan uyda 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamalib qolgan.
Ularning onasi yong‘indan o‘zini qutqarish maqsadida derazadan sakragan. 45 yoshli ayol va uning 14 yoshli qizi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘inni o‘chirishda 100 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi qatnashgan.
Izoh (0)