“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Serji Buskets Madridning “Real” klubiga qarshi Ispaniya chempionatining navbatdagi 28-tur o‘yinida ishtirok etishga tayyor, deb xabar beradi “Uff.uz”.
26 yoshli futbolchi “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda orttirib olgan to‘piq jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Shu haftaning o‘rtalarida Buskets mashg‘ulotlarga qaytdi va hamma qatori el-klassikoga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Real” klublari uchrashuvi 23-mart kuni – yakshanbadan dushanbaga o‘tar tunda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)