Og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiada chempioni Milen Dobrev 35 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Bolgariya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
O‘lim sabablari ma’lum emas, marhumning jasadidan zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmagan. Dobrev o‘zining Plovdivdagi uyidan o‘lik holda topilgan.
Ma’lumot uchun, Milen Dobrev 2004-yilgi Afina Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2008-yilgi Pekin Olimpiadasi oldidan jarohatlar seriyasidan qutula olmagach faoliyatini yakunlagan.
Izoh (0)