Bloomberg nashri Rossiya tomonidan neft eksporti hajmining oshishi jahon xomashyo bozoriga qo‘shimcha bosim o‘tkazishi va energiya manbalarining yanada arzonlashuviga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Oksford energiya tadqiqotlari instituti xodimi Jeyms Xendersoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sutkasiga qo‘shimcha 250 ming barrel neft eksport qilishi, ya’ni xorijga neft sotish hajmini 5 foizga ko‘paytirishi mumkin. Neftning erkin hajmi Rossiyadagi iqtisodiy pasayish, shuningdek neftni qayta ishlash zavodlari faolligining kamayishi oqibatida hosil bo‘lishi mumkin.
Bloomberg o‘z ma’lumotlariga asoslanib hisoblashicha, 2015-yilning birinchi choragida Rossiya portlarida neft yuklanishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga oshgan.
Izoh (0)