“Barselona” klubi prezidenti Xosep Bartomeu “Real” prezidenti Florentino Peres bilan “klasiko” oldidan uchrashib, birga tushlik qilishni mo‘ljallayapti, deb xabar berdi “Uff.uz”.
O‘zaro suhbat jarayonida kataloniyaliklar rahbari Peresdan Ispaniya Kubogi finalini “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkazishni iltimos qilish niyatida.
Xabar berilganidek, “Barselona” mamlakat Kubogi finalini “Atletik”ka qarshi o‘tkazadi.
“Real” klubi Kubok finaliga yo‘l ola bilmagach, final uchrashuvini o‘z stadionida o‘tkazishdan qat’iy bosh tortgandi.
Kubok finali 30-may kuniga belgilangan.
Izoh (0)