Normand orollari tarkibiga kiruvchi eng yirik – Jersi orolida The Polar Capital deb nomlangan shaxmat festivali o‘z yakuniga yetdi. Jersey International Chess Tournament musobaqasida o‘zbekistonlik Jahongir Vohidov (2508) ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Uchinchi raqam ostida tasniflangan Jahongir Vohidov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Samarqandlik yosh grossmeyster so‘nggi turda oq donalarda angliyalik Jovanka Xyuzka bilan durang o‘ynadi. Shu tariqa, Jahongir Vohidov turnir g‘olibligi bilan birga 1,5 ming yevro mukofot puliga ham ega bo‘ldi.
Turnirda 6,5 ochko to‘plagan latviyalik grossmeyster Igors Rausis ikkinchi, polshalik grossmeyster Mishal Krasenkov uchinchi o‘rinni egalladi. Bu ikki shaxmatchining reytingda O‘zbekiston vakilidan yuqorida turganligi e’tiborga molik holat.
Izoh (0)