O‘zbekiston shaxmat federatsiyasida Tashkent March Round Robin xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi. 4−9-mart kunlari oralig‘ida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekistonning aql idroq sohiblaridan tashqari Belarus, Rossiya va Ukrainadan ham shaxmatchilar ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Shaxmatchilar aylana tizimda 9 ta turda o‘zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishdi. Yakunda bir yo‘la 3 shaxmatchi 5,5 tadan ochko jamg‘arishdi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Sevara Boymurotova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu bilan o‘zbekistonlik sportchi xalqaro toifadagi sport ustasi me’yorini ham bajardi. Ikkinchi o‘rin poytaxtlik Vladimir Yeginga nasib etgan bo‘lsa, farg‘onalik Gulruhbegim Tohirjonova kuchli uchlikka yakun yasadi.
Izoh (0)