Navoiy viloyati onkologiya dispanserining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Zamonaviy va qulay sharoitlarga ega maskanda 50 qatnovga mo‘ljallangan poliklinika, 60 o‘rinli shifoxona, radiologiya hamda ma’muriyat binosi o‘rin olgan. Ayni paytda markazda 17 nafar malakali shifokor hamda 90 ga yaqin hamshira aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)