O‘zbekistonlik Twitter mikroblogi foydalanuvchilari #NavrUZ xeshtegini jahon trendiga olib chiqish maqsadida aksiya o‘tkazishni rejalashtirdi, deb xabar beradi Uz24.uz.
Aksiyada O‘zbekistondagi faol blogerlar, taniqli shaxslar hamda ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga tayyor insonlar ishtirok etadi. Shu maqsadda yangi haftadan boshlab (9-mart) poytaxtdagi Samarqand Darvoza va Next savdo markazlarida xeshteg logotipi tushirilgan stendlar o‘rnatiladi. Stendlar qarshisida istagan kishi suratga tushishi va uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashi mumkin.
Bu kabi aksiya o‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari uchun ilk bora tashkil etilayotgani yo‘q. 2012-yilda Mustaqillik bayrami munosabati bilan #uzb21 hamda 2014-yilda #IrmatovBest xeshtegi jahon trendiga chiqarilgan edi.
Izoh (0)