O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, bahor boshlanganiga qaramay ushbu haftada O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir va qor yog‘adi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 11−martda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin, 12−14-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi (Toshkent viloyatidan tashqari). 11−14-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilk kutilmaydi. Farg‘ona vodiysida 11-martda yomg‘ir, 12-martda qor yog‘ishi mumkin. 13−14-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0−5° iliq, kunduzi 10-17° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)