Toshkent shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari ayol haydovchilarni to‘xtatib, ularga 8-mart bayrami munosabati bilan gul sovg‘a qilmoqda. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari ma’lum qilgan.
Jumladan, guruhga sovg‘a sifatida gul olgan ayollarning o‘zlari yoki guvohlar bundan dalolat beruvchi fotosuratlarni joylashtirgan.
Avvalroq, Toshkentning taniqli ishbilarmonlari 8-mart kuni ayollarga bepul taksi xizmatini ko‘rsatishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)