Shveysariyaning Jeneva shahrida xalqaro avtosalon davom etmoqda. “TASS” xabariga ko‘ra, 3−4-mart kunlari salon matbuot uchun ochiq edi, 5−15-mart kunlari esa salon eshiklari keng omma uchun ham ochiladi.
Jenevada “Yil avtomobili – 2015” mukofoti Volkswagen Passat avtomobiliga topshirildi. Hakamlar hay’atining shvetsiyalik raisi Xakan Metsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mashinaning kuchli jihatlari ko‘p, jumladan, dizayn, xavfsizlik, ichki soha va innovatsiyalar aynan shunday jihatlardandir.
Ko‘rgazma oxirigacha salonga 700 ming dan ortiq kishi, jumladan 10 mingga yaqin journalist kelishi kutilmoqda. “Palekspo” ko‘rgazma majmuasida 900 ga yaqin avtomobil, jumladan 130 ga yaqin Yevropa va jahon premyeralari namoyish etilmoqda.
Izoh (0)