• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Janubiy Koreyada Server Jeparovni “O‘zbekistonlik sehrgar” deb atashmoqda

    Yangi mavsumni Janubiy Koreyaning eng kuchli klublaridan sanalgan “Ulsan Xyonde” safida boshlaydigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Server Jeparov klubi bilan key-liga startini kutmoqda, deb xabar beradi “Stadion.uz”.

    Server-Jeparov_FIFA

    “Ulsan” esa ertaga, 8-mart kuni o‘z uyida “FK Seul”ni qabul qiladi. Hozirda klubda Serverga juda iliq munosabatda bo‘lishmoqda. Hattoki jamoaning 40 yoshli bosh murabbiyi Yun Jong Xvan koreys matbuotiga tajribali Server Jeparov haqida “Mahoratli futbolchi. Shu bilan birga u rostgo‘y va ishonchli yigit”, — deya fikr bildirib o‘tgan.

    Serverni mahalliy muxlislar “O‘zbekistonlik sehrgar”, deb atamoqda. Kecha Janubiy Koreyaning Footbaalist nashri muxbiri “Ulsan”ning mashg‘ulotlari tugagach o‘zbekistonlik futbolchidan qisqacha intervyu oldi.

    Server: Key-ligada “Seul” va “Seongnam” kabi poytaxt va poytaxtga yaqin klublarda to‘p surganligim sabab Ulsan shahrini hali to‘liq bilmayman. Bu yerga kelganimga endigina bir oy bo‘ldi. Dengiz bo‘ylari go‘zal ekan. Katta supermarketlar ham ko‘p. Ertaga ayolim Mariya va farzandlarim Veronika, Mia, Raul ham bu yerga yetib keladi. Umuman olganda, bu yerdagi holatimdan mamnunman.

    Savol: Ulsanga kelganingizga bir oy bo‘libdi. Bu yerga qanchalik moslashib oldingiz?

    Javob: Hali 100 foiz moslasholganim yo‘q. Lekin jamoadagi muhit a’lo darajada. Kamchiliklarimizni o‘yinlar davomida to‘g‘rilab boramiz. “Seongnam”da birga o‘ynagan koreys futbolchilar ham borligi tufayli bu yerda o‘zimni erkin his qilyapman. “Seongnam”daligimda dam olish vaqtlari Seulga borardik. Bu yerning e’tiborli joylarini hali yaxshi bilmayman.

    Savol: Bosh murabbiy Yun Jong Xvan haqida fikringiz qanday? U ham yaqin-yaqingacha futbolchi edi...

    Javob: Futbolchi sifatidagi o‘yinlarini ko‘rmagan bo‘lsam ham mashg‘ulotlar jarayonida to‘p bilan ishlashi professional darajada. U o‘z fikrlari va ko‘rsatmalarini aniq tushuntira oladi. Maqsadi bor. U menga juda ishonmoqda va men o‘z o‘yinim bilan ishonchini oqlash niyatidaman.

    Savol: Bizga ma’lum bo‘lishicha, sizga qishda boshqa davlatlar ligalaridan ham yaxshi takliflar tushgan. Yana key-ligani tanlashingiz sababi nima?

    Javob: Men Koreyani yaxshi ko‘raman. Oilam ham bu yerda baxtiyor. Bu yerda to‘rt fasl unchalik sovuq emas. Taomlari ham yoqadi. Faqat achchiq taomlarini hisobga olmaganda, albatta. Bu yerning cho‘chqa go‘shti, o‘rdak go‘shti juda yoqadi. O‘g‘lim umuman go‘sht yemasdi. Koreyaga kelgach u ham go‘sht yeyishni boshladi. Bu yerda oilam uchun barcha narsa muhayyo. Buning ustiga key-liga Osiyodagi eng kuchli chempionat. Key-ligada haqiqiy kurash bo‘ladi. Bunday kuchli ligada o‘ynash menga yoqadi.

    Savol: Futbolda yosh o‘tgan sari har tomonlama qiyinlashadi. Siz o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

    Javob: Hali futbolchilik davrim tugayapti, deb o‘ylamayman. Mana Andrea Pirlo va Xavi kabi futbolchilar shu yoshda ham yuqori saviyada o‘ynayapti. Futbol bu faqat yugurish degani emas — fikrlash deganidir. Futbolda tajriba muhim. Men yana uzoq va uzoq (shu joyiga Server qattiq urg‘u beradi) futbol o‘ynash niyatidaman. Jismoniy holatimga e’tiborliman. Key-ligada kamida 37 yoshimgacha to‘p surish maqsadim bor (kuladi).

    Savol: Osiyo Kubogida O‘zbekiston va Janubiy Koreya to‘qnash keldi. Shu haqdagi fikrlaringiz.

    Javob: O‘zbekiston g‘alaba qozona oladigan o‘yin bo‘ldi. Qo‘shimcha daqiqalarda himoyadagi xatolar evaziga mag‘lubiyatga uchraldi. Janubiy Koreya Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri. Angliya va Germaniyada to‘p suradigan futbolchilaringiz hal qiluvchi o‘ringa ega. Men ham O‘zbekiston terma jamoasi safida 2018-yilgi Jahon chempionatida qatnashishni istayman. Avvalo, saralash bosqichidan o‘tishimiz lozim.

    Savol: Bu yil “Ulsan Xyonde” bilan maqsadingiz qanday?

    Javob: Key-ligadagi har bir klubim safida bittadan sovrinni olganman. Bu yil “Ulsan” bilan ham key-liga chempionligi, ham Kubokni qo‘lga kiritishni istayman. Men futbolchiman. Futbol — mening hayotim. Doim sovrin yutish istagida yonaman. Bu yil maydonda jamoadoshlarimni samarali to‘p uzatishlarim bilan ta’minlash niyatidaman. Tabiiyki, gollar ham kiritish mening doimiy maqsadim.

    07.03.2015, 20:15   Izoh (0)   22144
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Davosiz xastalikka chalingan muxlis futbol o‘yiniga borish uchun evtanaziyani kechiktirdi

    06.03.2015, 17:53

    Diyego Maradona teleefirga labini bo‘yab chiqdi

    05.03.2015, 10:30

    Chagayev 25-aprel kuni Pyanetaga qarshi ringga chiqadi

    02.03.2015, 09:43

    Rustam Qosimjonov FIDE Gran-Prisida kuchli uchlikda bormoqda

    23.02.2015, 13:32

    Toshkentda Markaziy Osiyo futbol uyushmasi tashkil qilinadi

    23.02.2015, 13:14

    28-fevraldan “Chimyon ekstrim — 2015” festivali boshlanadi

    20.02.2015, 23:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.