Edvard Snouden Shveysariyadan siyosiy boshpana so‘raganini ommaga ma’lum qilib, bir paytlar AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi xodimi sifatida yashagan Jenevaga qaytishni istashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
“Men Shveysariyaga qaytishni istardim. Bu ajoyib joy”, − dedi Snouden jurnalistlarning boshpana haqidagi savollariga javob berarkan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 21 ta mamlakatga siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgan, ularning aksariyati Markaziy va G‘arbiy yevropada joylashgan mamlakatlardir. Biroq ulardan birortasi ijobiy javob bermagan. Snouden bunda AQSh prezidenti Barak Obama ma’muriyatining siyosiy aralashuvini ayblagan.
Izoh (0)